Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Toshkent viloyatida 9 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi




Toshkent viloyatida 9 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonun 2024 yil 8 noyabrda kuchga kirgan.

Adliya vazirligi mazkur qonun normalarini mutasaddilarga, aholiga yetkazish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Qonun ijrosi bilan bog‘liq masalalarda ham adliya organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda. 

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 9 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur fuqarolarga ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etildi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial hatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 4 mingdan ortiq kadastr xodimlari tomonidan reja-jadvalga muvofiq, respublikamizning barcha hududlarida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.