Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?


Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 152-moddaga muvofiq, radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaganlik uchun, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek dioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzganlik uchun radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agarda yuqorida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishi belgilab qo’yilgan.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti