Янгиликлар
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini shuningdek, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini shuningdek, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 159-moddaga muvofiq, turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish hamda uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish, ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqganlik uchun —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoxud rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uylarda va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar yoki inshootlar qurish ishlarini amalga oshirganlik uchun —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarda va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar, inshootlar qurish ishlarini amalga oshirishga oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uydagi to‘siq konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni yoxud inshootlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti