Янгиликлар
Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?
Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javogarlik tog’risidagi kodeksning 163-moddasiga ko’ra, vodoprovod tarmoqlariga ya’ni suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashganlik uchun —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga ulaganlik uchun, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi S.X.Bo’riyev