Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi ?


Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi ?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1631-moddaga ko’ra, uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti ushbu harakat natijasida ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanganlik uchun, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti