Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Tovarlarni ularning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish yoki majburiy ravishda raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?


Tovarlarni ularning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish yoki majburiy ravishda raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 166-moddasiga ko’ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini va sanoat tovarlarini ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olganlik uchun —tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, xuddi shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olganlik uchun —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Qonunchilikka ko’ra, majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.

 

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti