Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldig‘i yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotganlik uchun javobgarlik mavjudmi?


Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldig‘i yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 169-moddasiga ko’ra, tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli bo‘lgan pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi o‘simliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urug‘larini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotganlik uchun — mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, —mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti