Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1711-moddasiga ko’ra, naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berganlik uchun —bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti