Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?


Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1771-moddasiga ko’ra, asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish, jumladan, asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti