Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?


Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1792-moddasida ko’ra, ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima jazosi ta’yinlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortganlik uchun —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima qo’llanilishiga sabab bo‘ladi.

 

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti