Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasida yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi qanday ?
O’zbekiston Respublikasida yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi qanday ?
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 13-moddasiga muvofiq, Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo‘ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanadi. Tuman hokimi tomonidan esa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o‘zgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi.
Yer tuzishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti