Янгиликлар
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish tartibi qanday?
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shuningdek undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tartibda tuman, shahar yoxud viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti