Янгиликлар
Suv fondi yerlarida xo’jalik faoliyatini yuritish hamda qurilish ishlarini olib borish tartibi qanday?
Suv fondi yerlarida xo’jalik faoliyatini yuritish hamda qurilish ishlarini olib borish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 77-moddasiga muvofiq, Suv havzalari ya’ni daryolar, ko‘llar, suv omborlari, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi. Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oq bo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin hisoblanadi.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti