Янгиликлар
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga yer uchastkalarini berish tartibi qanday?
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga yer uchastkalarini berish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 491-moddasiga muvofiq, yer uchastkalari tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish hamda ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas hisoblanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti