Янгиликлар
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi ?
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi ?
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 38-moddasiga muvofiq, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida hamda yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qo‘yish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish bo’yicha sudga da’vo arizasi kiritadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti