Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni e’tirof etish tartibi qanday?


O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni e’tirof etish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 235-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida tuzilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti