Янгиликлар
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qay tartibda bekor qilinadi?
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qay tartibda bekor qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 233-moddasiga muvofiq, agar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligini aniqlasa, tiklangan yozuvlar o‘sha yozuv tuzilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bekor qilinishi mumkin.
Agar topilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan sanasi, ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlarda jiddiy farq bo‘lsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti