Янгиликлар
Tug‘ilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish to‘g‘risidagi yozuvlarni tiklash qay tartibda amalga oshiriladi?
Tug‘ilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish to‘g‘risidagi yozuvlarni tiklash qay tartibda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 231-moddasiga muvofiq, tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o‘rtasida nizo bo‘lsa, yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti