Янгиликлар
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish qay tartibda amalga oshiriladi?
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish qay tartibda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 226-moddasiga muvofiq, familiyani, ismni va otaning ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti