Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishni qayd etish mumkinmi?


Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishni qayd etish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 218-moddasiga muvofiq, er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlashlari shart.

Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti