Янгиликлар
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi qanday?
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 195-moddasiga muvofiq, bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o‘rtasida tuziladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvda bolalarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tarbiyaga olgan tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko‘rsatilishi kerak.
Kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush shart-sharoitlari va oila a’zolarining sog‘lig‘i tekshiriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yo‘la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta’minoti uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti