Янгиликлар
Vasiylik va homiylikni belgilash tartibi qanday?
Vasiylik va homiylikni belgilash tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 174-moddasiga muvofiq, vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyga ko‘ra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyga ko‘ra belgilanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti