Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Farzandlikka olishni bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?


Farzandlikka olishni bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 171-moddasiga muvofiq, farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishda o‘n yoshga to‘lgan bolaning fikri hisobga olinadi.

Sudning farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko‘chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti