Янгиликлар
Bolani farzandlikka olgandan so’ng qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?
Bolani farzandlikka olgandan so’ng qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 165-moddasiga muvofiq, farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘ladilar.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko‘zlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining iltimosiga ko‘ra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining iltimosiga ko‘ra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko‘ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti