Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Farzandlikka olishda tug‘ilishni qayd etish daftariga o‘zgartirish kiritish tartibi qanday?


Farzandlikka olishda tug‘ilishni qayd etish daftariga o‘zgartirish kiritish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 164-moddasiga muvofiq, sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi. Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti