Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish tartibi qanday?


Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 1611-moddasiga muvofiq, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonunchilikda belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo‘lgan yoki o‘z vatanida turli sabablarga ko‘ra farzandlikka olinishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti