Янгиликлар
Farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladimi?
Farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 159-moddasiga muvofiq, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.
Sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli hisoblanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti