Янгиликлар
Bolani farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar?
Bolani farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasiga muvofiq, farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
o‘gay ota va o‘gay ona;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar bolani farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega hisoblanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti