Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish taribi qanday?


Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish taribi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 150-moddasiga muvofiq, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.

Ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo‘lgunga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 M.M.Payziyev      bosh yuristkonsulti