Янгиликлар
Yangi o‘zgarishlar: mehnat ta’tili va ish haqi bo‘yicha muhim yangiliklar
Yangi o‘zgarishlar: mehnat ta’tili va ish haqi bo‘yicha muhim yangiliklar
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonunga asosan Mehnat kodeksiga bir qator muhim o‘zgarishlar kiritildi. Bu o‘zgarishlar xodimlarning ish haqi, mehnat ta’tili va ishdan bo‘shash paytidagi hisob-kitoblarga taalluqli. Quyida bu o‘zgarishlarni aniq misollar bilan tushuntirib beramiz:
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til muddati cheklandi:
Unga ko‘ra , endi ish haqi saqlanmaydigan ta’til bir yillik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak. Masalan, agar xodim 2024 yilning yanvar oyida 1 oy, mart oyida 1 oy va iyun oyida 1 oy ish haqi saqlanmaydigan ta’til olgan bo‘lsa, 2024 yildagi ta’tillari jami 3 oyni tashkil qilgani uchun qo‘shimcha ta’til ololmaydi.
Yakshanba kunlari mehnat ta’tiliga qo‘shilmaydi.
Yangi qoidaga ko‘ra, agar bu 30 kun ichida 4 ta yakshanba kuni bo‘lsa, xodimning ta’til kunlari 24 kun shaklida haq to‘lanadi..
Ishdan bo‘shashda ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda ham yakshanba kunlari qo‘shilmaydi:
Yangi qoidagi ko‘ra, xodimda 24 kunlik mehnat ta’tilidan foydalanmagan kunlari bor ishdan bo‘shayotganda unga kompensatsiya to‘lanishi kerak. Agar ushbu 24 kunlik davrda 3 ta yakshanba kuni bo‘lsa, bu kunlarga kompensatsiya to‘lanmaydi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti U.Fayzullaev