Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jinoyat kodeksi 184-moddasi (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) sanksiyasi og‘irlashtirilmoqda.


Jinoyat kodeksi 184-moddasi (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) sanksiyasi og‘irlashtirilmoqda.

 

                                                                                       

Xususan, modda birinchi qismiga 3 yilgacha ozodlikni cheklash va undan mahrum qilish qo‘shilmoqda.

 

Ikkinchi qismi esa jarima miqdori 200 baravaridan boshlanishi belgilanmoqda hamda ozodlikdan maxrum kilish muddati 5 yilgacha yetkazilmoqda.

 

Uchinchi qismidan esa ozodlikni cheklash chiqarilib, faqat 7 yilgacha ozodlikdan maxrum kilish qoldirilmoqda.

 

Loyiha tashabbuskorlari bu qonunga asos qilib MDH davlatlari tajribasini ko‘rsatgan (rivojlangan davlatlarnikini emas).

 

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikni mustahkamlashga qaratilgan ushbu qonun loyihasini qabul qilishdan oldin deputatlarimiz Jinoyat kodeksi 7-moddasidagi Insonparvarlik prinsipini bir o‘qib chiqsinlar.

 

Binobarin, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘ZBEKISTON — 2030» STRATEGIYaSIga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish belgilangan

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullaev