Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabu


 “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi

 

 

Turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

                                                                                               

Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

 

turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

 

mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

 

uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

 

uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

 

uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullaev