Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-17-son) qabul qilindi


“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-17-son) qabul qilindi

 

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

 

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-apreldan:

 

1.     “Ijtimoiy daftarlar” jamg'armalari orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog'liqni saqlash bo'yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a'zolarining har biriga minimal iste'mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko'p bo'lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

 

Bunda madaniy-ma'rifiy, ta'lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari” jamg'armalari tushumlarining 25 foizidan ko'p bo'lmagan qismini yo'naltirishga ruxsat beriladi;

 

2.     “Ijtimoiy daftarlar” jamg'armalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda ko'rsatiladi:

 

-         oilalarni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha individual rejada kambag'al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qo'shimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamg'armalari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko'rsatilishiga asos bo'ladi;

 

-         “Ijtimoiy daftarlar” jamg'armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko'rsatishni so'rab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullayev