Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi


Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi 

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish

va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-133-son, 01.04.2025 y.) qabul qilindi.

 

 

Qarorda hududlardagi iste'molchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga o‘tkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsadi belgilandi. Jumladan:

 

iste'molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qo‘shimcha 74 mingdan ortiq ob'ektda jami quvvati 785 MVt bo‘lgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash;

 

aholisi ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejash;

 

byudjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan.

 

️2025 yilda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste'molchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturi tasdiqlanadi.

 

2025 yil 1 maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullayev