Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi


Tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

 

“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-122-son, 25.03.2025 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga asosan, tovarlar rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi quyidagi yo‘laklar kesimida tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona nazorati shakllari va hajmini belgilaydi:

 

“yashil yo‘lak”da xavf darajasi past belgilanadi va bojxona nazorati shakllari qo‘llanilmaydi (tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati bundan mustasno). Bunda “yashil” yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi;

 

“sariq yo‘lak”da xavf darajasi o‘rta belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llaniladi (bojxona va shaxsiy ko‘rik bundan mustasno);

 

“qizil yo‘lak”da xavf darajasi yuqori belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llaniladi;

 

“ko‘k yo‘lak”da bojxona nazorati shakllari tovar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

 

2025 yil 1 oktyabrdan tovarlarni olib kirish, olib chiqish

va tranzit olib o‘tish bo‘yicha barcha sertifikat, xulosa va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

 

2026 yil 1 sentyabrdan Bojxona qo‘mitasi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini o‘z ichiga olgan axborot platformasi joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, logistika uchun qulay chegara o‘tkazish punktlariga yondosh hududlarda bojxona terminallari quriladi.

 

Shuningdek, aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob'ektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun veterinar ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, gigienik va ekologik sertifikatlar 1 kalendar yildan oshmagan muddatga 1 marotaba taqdim etiladi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullayev