Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi “Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-130-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi


  Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

 

“Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-130-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi

 

 

Qarorga ko‘ra, 2025 yildan har 18 oyda – bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti o‘tkazib boriladi.

 

Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uyg‘un holda 2025 yil 4–6 aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etiladi.

 

Orolbo‘yida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish Sammitning asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzildi.

 

Ma'lumot uchun: BMTning 2023 yil 22–24 mart kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan suv resurslariga bag‘ishlangan konferensiyasida O‘zbekiston tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan.

 

 

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                               U.Fayzullayev