Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Inson huquqlari himoya qilishda adliya organlarining roli.


Inson huquqlari himoya qilishda adliya organlarining roli.

 

Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Insoniyat murakkab davrni boshdan kechirayotgan, qarama-qarshilik va mojarolar kuchayib barqarorlikka jiddiy putur yetayotgan tarixiy sharoitda, koʻp millatli Yangi Oʻzbekistonda inson qadr-qimmati va xalq manfaatlari – oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilib, bu borada koʻplab dunyo mamlakatlariga oʻrnak va naʼmuna boʻlib kelmoqda.

Zero barqaror taraqqiyotga avvalo insonni qadrlash va eʼzozlash, aholining bugun yaxshi yashashi uchun shart-sharoit hozirlash, aholining kelajakka yuksak ishonchi va masʼuliyatini anglash orqali erishish mumkin.

Xususan, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash sohasida adliya organlari zimmasiga yuklangan boshqa vazifalar bilan bir qatorda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilganligi haqidagi murojaatlarini xolis hamda har tomonlama koʻrib chiqmoqda. Fuqarolarning huquqlari buzilgani toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan holatlarda qonunga muvofiq ularni tiklash choralarini koʻrmoqda. Bunday qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan taqdimnoma kiritish kabi taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar manfaatlari uchun sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, fuqarolarning huquq va erkinliklari qoʻpol buzilgan hollarda huquqni muhofaza qilish organlari yoki sudlarga mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflar taqdim etilmoqda.

Jumladan, 2025-yil 1 chorak yakunlariga koʻra viloyat adliya boshqarmasi tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga 9 ta taqdimnoma va 2 ta daʼvo arizasi kiritilib, ularning barchasi ijrosi taʼminlandi. Shuningdek, qonunga zid qabul qilingan 26 ta hujjatlarning ijrosi toʻxtatilib, qonunga muvofiqlashtirildi, sudlar tomonidan 265 mln soʻmdan ortiq mablagʻlarni fuqarolarga qaytarish yuzasidan hal qiluv qarorlarini qabul qilinishiga hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xodimlarga toʻlanmay qolgan 27 mln soʻmdan ortiq mablagʻlar toʻlanishiga erishildi.

Xususan, fuqaro A. A. ning Nurafshon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan noturar joy obekti uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaganligi yuzasidan yoʻllagan murojaati koʻrib chiqildi.

Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, Adliya boshqarmasi tomonidan FIB Oʻrtachirchiq tumanlararo sudiga fuqaro A. A. ning manfaatida javobgar Nurafshon shahar hokimligiga nisbatan daʼvo arizasi kiritilib, fuqaro A. A. foydasiga javobgar Nurafshon shahar hokimligidan 177 232 000 soʻm miqdorida kompensatsiya pullarini undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

Shuningdek, fuqaro A. E. ning “Toshkent viloyati yoʻllardan muntazam foydalanish” DM tomonidan 3 oylik ish haqi va mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan toʻlovlar toʻlanmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati koʻrib chiqildi.

Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, “Toshkent viloyati yoʻllardan muntazam foydalanish” DMga taqdimnoma kiritilib, fuqaro A. E.ga toʻlanmay qolgan 7 000 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari toʻlanishiga erishildi.

Soʻngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylandi. Sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini oʻzgartirmoqda.

 

Nuriddin Ismailov

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish shuʼbasi boshlig‘i