Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kam taʻminlangan oilalarga elektr va gaz toʻlovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi


Kam taʻminlangan oilalarga elektr va gaz toʻlovlarida
davlat kompensatsiyasi joriy etiladi

 

2025-yil 2-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-134-son qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar
"Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reestriga kiritilgan, shuningdek, Reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha kam taʻminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʻmol harajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:

▫️elektr energiyasi isteʻmoli boʻyicha – oyiga bazaviy meʻyordan 150 kVt soatgacha;

▫️tabiiy gaz isteʻmoli boʻyicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy meʻyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʻyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meʻyor doirasidagi hamda bazaviy meʻyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik yordam beriladi

2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:

         Reestrlarga kiritilgan oilalarga; 

"mahalla yettiligi" xulosasi asosida Reestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.

Bunda "Mahalla yettiligi" tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʻzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʻminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.

Qoʻshimcha ravishda shakllantiriladigan roʻyxatdagi oilalar soni Reestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

 

Surobov Ramziddin

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish shuʼbasi bosh maslahatchisi