Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

“E-huquqshunos” elektron tizimi orqali davlat organi va tashkilotlariga sifatli va tezkor yuridik xizmat ko‘rsatilmoqda.


“E-huquqshunos” elektron tizimi orqali  davlat organi va tashkilotlariga sifatli va tezkor yuridik xizmat ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi PQ-5168 sonli qarori qabul qilinib, unga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan.

Ushbu qarorga asosan Markazlar hamda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil qilish “ E-huquqshunos” elektron tizimi ( keyingi o‘rinlarda elektron tizim ) orqali amalga oshirilishi belgilandi.

Hozirgi kunda elektron tizim orqali quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish;

targ‘ibot tadbirlari bilan bog‘liq materiallarni elektron tizim orqali almashish;

davlat tashkilotlariga talabnoma, sudlarga ariza yoki da’vo arizalarini kiritish uchun ularning loyihalarini tayyorlash;

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga nisbatan o‘tkaziladigan tekshirishlarda masofaviy tarzda ishtirok etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berish;

Markazlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va ularga asoslantirilgan javoblar yuborishda ishtirok etish.

Shuningdek, elektron tizimi Yagona milliy mehnat tizimi bilan integratsiya qilingan.

 

 

Klichbaev Muhammad

Yuridik xizmatlar faoliyatini
muvofiqlashtirish
bo‘yicha bosh maslahatchi