Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Tibbiyot muassasalariga qanday ro‘yhatga qo‘yilishini bilasizmi?


                                                                              Tibbiyot muassasalariga qanday ro‘yhatga qo‘yilishini bilasizmi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 sentyabrdagi 573-sonli qarori bilan Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI tasdiqlangan bo‘lib, Mazkur Mazkur Ma’muriy reglament jismoniy shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga (tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar) hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtincha yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasida berilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi zarur.

Jismoniy shaxslar davlat tibbiyot muassasalariga:

tug‘ilgan bolani onasining doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan manzilidagi davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha — tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda;

jismoniy shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan manzili o‘zgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda hisobga qo‘yish bo‘yicha — doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish jarayonida;

jismoniy shaxslarning bevosita davlat tibbiyot muassasalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali bergan murojaatlari asosida hisobga qo‘yiladi.

Jismoniy shaxslar davlat tibbiyot muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali hisobga qo‘yiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

 

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

DXM va FXDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish sho‘basi

bosh maslahatchisi                                                                                                                                                           S.Uskanov