Янгиликлар
VAQTINCHA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASI BERILADIGAN HOLATLAR
VAQTINCHA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASI BERILADIGAN HOLATLAR
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yil kungi 314-son qaroriga asosan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
- vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallik vaqtida (shikastlanishda);
- sanatoriy va sog‘lomlashtirish muassasalarida davolanganda;
- kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
- karantinda;
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
- mehnat layoqatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i: N.P.Nazarimbetov