Янгиликлар
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 000 000 so‘mgacha kredit beriladi
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 000 000 so‘mgacha kredit beriladi
Prezidentning 30.04.2024 yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan,
2024 yil 1 iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda:
- ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
- ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i: N.P.Nazarimbetov