Янгиликлар
IKKI VA UNDAN ORTIQ 12 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALARI BO‘LGAN OTA-ONALARGA QO‘SHIMCHA TA’TIL BERILADI
IKKI VA UNDAN ORTIQ 12 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALARI BO‘LGAN OTA-ONALARGA QO‘SHIMCHA TA’TIL BERILADI
Mehnat kodeksining 401-moddasiga asosan,
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
Ushbu ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.
Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i: N.P.Nazarimbetov