Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Elektron raqamli imzoni olish tartibi yanada osonlashdi.


Elektron raqamli imzoni olish tartibi yanada osonlashdi.

Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnoma ariza beruvchining shaxsi biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanadi.

Yagona portal orqali elektron raqamli imzo olish uchun quyidagilar talab etiladi:

Kompyuteringizda E-IMZO modulining 4.62 yoki undan yangiroq versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Mobil telefoningizda MyID ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, o‘rnatish uchun iOS operasion tizimiga ega qurilmalar Appstoredan, Android operatsion tizimiga ega qurilmalar esa Google play orqali yuklab olishlari mumkin.

Agar E-IMZO balansingizda mablag‘ bor bo‘lsa, ERI uchun to‘lov sizning E-IMZO hisobingizdan yechib olinadi. Aks holda, sizga to‘lov uchun invoys beriladi.

Ariza shakllantirishning 3-qadamida siz 1 soat ichida ERI kalitini yaratishingiz talab etiladi, aks xolda ariza 2-qadamga qaytariladi va siz amalni yangidan boshlaysiz.

https://youtu.be/QT2gCCW_tEo?si=jD9tXDhD154vHNNk ushbu link orqali vedioda batafsil ERI olish ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Raqamlashtirish sho‘basi

bosh maslahatchisi                                                                          B.Fayzullayev