Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Bilasizmi OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi


Bilasizmi OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

 

Joriy yilning 14 fevral kunida “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

Kelajakka qadam dasturi bilan o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilinib, qulay shartlarda moliyalashtiriladi.

- oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashiladi.

Bunda: asosan salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

Shuningdek, tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtirilib, individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                           N. Anarqulova.