Янгиликлар
2 kurs talaba maktabda ishlashga haqqi bormi? Adliya ruxsat bermayapti, shu to‘g‘rimi?
2 kurs talaba maktabda ishlashga haqqi bormi? Adliya ruxsat bermayapti, shu to‘g‘rimi?
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga ko‘ra Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3 kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz qoidada pedagogika yo‘nalishi talabalariga 3 kursdan boshlab ishlash huquqi berilmoqda.
Yangiyo’l tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev