Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Dekret ta’tili tugamay ishga chiqish mumkinmi?


Dekret ta’tili tugamay ishga chiqish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra sizdagi holatda qizingizga dekret puli beriladi.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Nizom 35-bandi mazmuniga binoan, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:

ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;

ishga qabul qilingan kundan 12 oydan ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

Endi qarang! Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 28-bandiga ko‘ra bola o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud bo‘lganda — 70 kunga homiladorlik va tug‘ish ta’tili beriladi.

Shunga ko‘ra qizingiz ishga 126 kundan keyin emas 70 kundan keyin chiqishga haqli.

 

Yangiyo’l tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                                          R.Galiyev