Янгиликлар
Sinflarni bo‘lib yuborilishi to‘g‘rimi?
Sinflarni bo‘lib yuborilishi to‘g‘rimi?
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 3-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi me’yorlar asosida komplektlanadi:
shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;
qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno).
O‘quvchilar soni mazkur me’yorlardan kam bo‘lgan hollarda umumta’lim muassasasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.
Shunga ko‘ra sizning maktabingiz tuman markazida joylashgan bo‘lsa, unda sinfda kamida 25 nafar o‘quvchi bo‘lishi lozim.
Demak, sizlardagi holatda ham mazkur nizom qoidalariga rioya qilgan holda sinflarni komplektlash mumkin. Bunda maktab tuman markaziga joylashgan bo‘lsa, sinfdagi o‘quvchilar soni kamida 25 nafarni tashkil etishi kerak. agar o‘quvchilar soni 25 nafardan kam bo‘lsagina, u komplektatsiya qilinadi.
Dars taqsimotiga kelsak, darslar Nizom 25-bandi asosida qayta tarifikatsiya qilinadi. Bunda nizom 15 va 16-bandlari dars taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladi.
Yangiyo’l tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev