Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

KREDIT OLGAN ShAXS VAFOT ETSA, KREDITNI KIM TO‘LAYDI?


KREDIT OLGAN ShAXS VAFOT ETSA, KREDITNI KIM TO‘LAYDI?

Kredit qarzdorligi uni olgan shaxs vafot etsa bekor bo‘lib qolmaydi. Bunda bank qarzdorlikni kredit olgan shaxsning merosiga qaratish bo‘yicha sudga da’vo qilishi mumkin.

Xususan, Fuqarolik kodeksining 1113-moddasi (meros tarkibi)ga muvofiq meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 1156-moddasi (kreditorlarning meros qoldiruvchining qarzlarini undirib olishi)ga binoan meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxo‘rlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan o‘z talablarini qo‘yishga haqlidirlar. Bu holda merosxo‘rlarning har biri o‘ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida solidar (!) qarzdorlar sifatida javobgar bo‘ladilar.

Kredit olgan shaxsning merosxo‘rlari yoki mulki bo‘lmasa, kredit qarzdorligi kafil bo‘lgan shaxsdan undirilishi mumkin (agar kafillik shartnomasi tuzilgan bo‘lsa).

Kafillik bo‘lmasa, garov shartnomasi tuzilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatda qarzdorlik garov mulkiga qaratiladi.

 

Yangiyo’l tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                                          R.Galiyev