Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Maktablarda ichki tartib deb, o‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish to‘g‘rimi?


Maktablarda ichki tartib deb, o‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish to‘g‘rimi?

Ichki tartib bu ichki tartib qoidalari deb atalgan lokal normativ hujjat bo‘lib, har bir tashkilotda mavjud bo‘ladi.

Qarang! Mehnat kodeksining 296-moddasiga ko‘ra Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir.

Biroq sizdagi holatda navbatchilik o‘tash ichki tartib qoidalariga kiritilgan bo‘lsa ham u Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra haqiqiy sanalmaydi. Mazkur vaziyatda tuman prokuraturasiga shikoyat qilish mumkin.

 

Yangiyo’l tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                                          R.Galiyev